Fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi

Kasimov Sherzod Abduzoirovich

Fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi mudiri

Email: sh_kasimov@rambler.ru

Telefon raqam: +998907464016

Fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi 2021 yil tashkil topgan. Kafedra shu davrda 10 nafar professor-o‘qituvchi bilan ish boshlagan bo‘lib, ulardan 2 nafari fan nomzodi edi. Kafedrani kimyo fanlari falsafa doktori S.Eshkarayev boshqarib kelmoqda. Qisqa muddatda kafedra malakali kadrlar bilan ta’minlanib, professor-o‘qituvchilarning soni va sifati oshirilgan.

Hozirda kafedrada 1 nafar fan doktori, professor v.b., 1 nafar dotsent, 3 nafar falsafa doktori, 4 nafar o‘qituvchi– jami 9 nafar professor-o‘qituvchi asosiy shtatda faoliyat ko‘rsatib, 1 nafar fan doktori, dosent-tashqi o‘rindosh va 1 nafar fan doktori, dotsent ichki o‘rindoshlik asosida ta’lim-tarbiya ishlariga jalb qilingan.

Kafedrada ta’lim yonalishlari:

Bakalavriat:

5140500-kimyo

60530100-kimyo

Magistratura

5a140501-kimyo (fan sohalari bo‘yicha)

70530101-kimyo (fan sohalari bo‘yicha)

Kafedrada oqitiladigan fanlar:

Bakalavriat:

Modda tuzilishi

Kvant kimyosi va kvant mexanikasi

Fizikaviy kimyo

Yuqori molekulyar birikmalar kimyosi

Neft va gaz kimyosi

Surxondaryo viloyati atrof-muhit ob’ektlarida fizik-kimyoviy tadqiqotlar

Kimyo

Magistratura

Ko‘p tonnajli polimer materiallari

Nanozarracha va nanokompozision materiallarning olinish va xossalari

Makromolekulaning hosil bo‘lish kinetikasi va mexanizmi

Polimerlarning kimyoviy o‘zgarishi

Kimyoviy termodinamika va kinetika

Sirt yuzasidagi hodisalar

Elektrod jarayonlar termodinamikasi

Maxsus xossaga ega bo‘lgan polimer materiallar

polimerlarni tadqiq qilish usullari

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar

Fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi qoshida 5140500 – kimyo ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriatura hamda 5A140501–kimyo (fan sohalari bo’yicha) mutaxassisligi bo’yicha magistratura mavjud.

Kafedra kabinet mudirasi (To‘raboyeva Madina) ham faoliyat ko‘rsatadi. Kabinetda kompyuter va multimediya xizmatidan foydalanish uchun barcha sharoitlar muhayyo qilib qo‘yilgan.

Bundan tashqari Fizikaviy kimyo llmiy seminari va “Yosh kimyogarlar” to‘garaklari faoliyat ko‘rsatadi.

Kafedrada 2 nafar: Geldiyev Yusuf va Suyunov Jabborlar doktoranturada tahsil olishmoqda.

2021 yilda Babamuratov Bekzod va Bozorov Lutfulla texnika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyani muvaffaqqiyatli himoya qilishgan bo‘lsa, Xolmamat Tillayev dosent ilmiy unvoniga sazovor bo‘ldi.

Barcha o‘qituvchilarning ilmiy ishlar bilan shug‘ullanishlari uchun sharoitlar yaratilgan. Ular ilmiy safarlarga yuborilmoqda, jumladan, kafedra o‘qituvchisi Yusuf Geldiyev 2921 yilning noyabr-dekabr oylarida Rossiya federasiyasi OTM larida stajirovkada bo‘lib qaytdi.

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-uslubiy ishlar

darslik va o‘quv qo‘llanmalar

Hisobot yilida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 2019 yilda xalqaro ilmiy jurnallarida 6 ta, Respublika miqyosida ilmiy jurnallarida 12 ta maqola, xalqaro ilmiy –amaliy anjumanlarida 36 ta, Respublika ilmiy-nazariy anjumanda 50 ga yaqin tezislar chop etildi.

Ilmiy maqolalar

Kafedrada fizikaviy va polimerlar kimyosi bo‘yicha ham fundamental, ham amaliy ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi. Jumladan, atrof-muhit ob’ektlarida radiologik tadqiqotlar, bioparchalanuvchi poilimer kompozitlar olish va oqova suvlarni tozalovchi yangi polimer sorbentlar olish bo‘yicha tadqiqotlar asosiy ilmiy yo‘nalishlar hisoblanadi.

Kafedra professor-o‘qituvchilari Scopus, Web of Science, yuqori impact faktorli xorijiy jurnallarda 10 ga yaqin ilmiy maqolalar chop etishgan. Ilmiy maqolalari Google Scolar, Crossref, Pubmed, elibrary, ciberleninka xalqaro ilmiy iqtoboslik tizimlarida e’tirof etilgan hamda kafedra professor-o‘qituvchilarining h-indekslari oshishiga asosiy omil bo‘lgan.

Kafedra o‘qituvchisi Alisher Ahatov iqtidorli yoshlardan hisoblanadi, 2020-2021 o‘quv yilida uning shogirdi Toshqulov Safarmurod kimyo fani bo‘yicha Respublika OTM lari orasida faxrli 2 o‘rinni egallagan bo‘lsa, uning o‘zi 2021 yilda “O‘zbekiston uchun 100 g‘oya” tanlovining viloyat bosqichida 1-o‘rinni egalladi va Respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.

Kafedraning iqtidorli talabalari ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha izlanishlar olib borishmoqdalar. 2021 yilda ulardan Ibragimova Asal va Ochilova Yulduzlar erishgan yutuqlari sababli Universitet stipendiasiga ega bo‘lishdi.

Kafedradagi barcha fanlar bo‘yicha har o‘quv yilida ma’ruza matnlari, O‘UM yangilanib boriladi. Professor-o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan fanlar bo‘yicha ma’ruza matnlari kafedra yig‘ilishida muhokama qilinib, taqrizchilar belgilanadi, tasdiqlanadi va foydalanish uchun tavsiya qilinadi. Kafedraning har bir professor-o‘qituvchilarida mashg‘ulotga kirishda quyidagi me’yoriy xujjatlar bo‘lishi talab etiladi.

Har bir fan bo‘yicha namunaviy fan dasturi, ishchi o‘quv dasturi, UMK, ma’ruza matni, reyting ishlanmasi, kalendar mavzuli reja, amaliy mashg‘ulotlari hujjatlar mavjud

UP