TerDU: “Besh tashabbus-besh imkon”

2020-03-03 5255 marta ko'rildi.

Termiz davlat universitetida prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus doirasida muntazam ravishda turli tadbirlar, koʼrik-tanlov va musobaqalar, koʼrgazmalar oʼtkazilib kelinmoqda. Navbatdagi tadbir Sanʼatshunoslik fakulьteti Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi taʼlim yoʼnalishi talabalarining ijodiy ishlar koʼrgazmasi boʼldi. Unda talabalar tasviriy sanʼatning turli yoʼnalishlarida tayyorlagan sara asarlarini ustozlari va qiziquvchilar eʼtiboriga havola qilishdi. Yorqin chizgilar asosida qogʼozga tushirilgan har bir asar tomoshabinlar eʼtirofiga sazovor boʼldi. Koʼrgazma asnosida talaba yoshlar oʼz imkoniyatlarini sinovdan oʼtkazib olishdi.