TerDU: Oʼzbekiston va Turkiya aloqalari yangi bosqichda

2020-03-03 5171 marta ko'rildi.

Shu kunlarda davlatimiz rahbari Turkiyada rasmiy tashrif bilan boʼlib turibdi. Ikki davlat oʼrtasidagi oʼzaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish va uni mustahkamlash boʼyicha qator kelishuvlar olib borilayapti. Аyni vaqtda Turkiyaning Bolu shahrida “International kongress of academic research” butundunyo olimlarining kongresi ishtirokchisi sifatida Termiz davlat universiteti oʼqituvchisi, filologiya fanlari boʼyicha (PhD) falsafa doktori Obidjon Shofiev ham mamlakatning Bilecik shahridagi Şeyx Edebali universiteti bilan Termiz davlat universiteti rektori nomidan memorandum shartnomasining imzolanish tadbirida ishtirok etdi. Ushbu jarayonni ikki davlat oʼrtasida taʼlim sohasidagi hamkorlik aloqalarining bir qismi sifatida baholash mumkin. Endilikda universitetlar oʼrtasida oʼquv va ilmiy, ijodiy sohalarda hamkorlik qilinadi.