“Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri kubogi”

2021-04-02 592 marta ko'rildi.

Toshkent davlat transport universitetida oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida kurash sport turi boʻyicha “Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri kubogi” sport musobaqalari Respublika final bosqichi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Musobaqalar yakuniga koʻra Termiz davlat universiteti jamoasi umumjamoa hisobida 1-oʻrinni egalladi va oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida kurash sport turi boʻyicha “Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri kubogi”ni qoʻlga kiritishdi.

Tadbirdan koʻzlangan maqsad – sport bilan shugʻullanib, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishdan iborat. Jamoani ushbu yutuq bilan qutlaymiz.