Navbatdagi universitet Kengashining tafsiloti

2021-03-31 735 marta ko'rildi.

Universitet Kengashining bu galgisida ham muhim masalalar koʻrib chiqildi. Oʻquv jarayoni va oʻquv yuklamalarining bajarilishi, davomat masalasi tahlil etildi. 

Yigʻilishda Arxitektura va qurilish hamda Sanʼatshunoslik fakultetlaridagi kompleks oʻrganish natijalari maʼlum qilindi.

Shuningdek, universitet oʻquv binolarining moddiy texnik bazasini yanada mustahkamlash, axborot texnologiya vositalari bilan taʼminlash kabi qator masalalar muhokama qilindi.

Kun tartibidagi barcha masalalar koʻrilib, ularning ijrosi boʻyicha masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi. Yakunda qator tashkiliy masalalar ham koʻrib oʻtildi.