MAKTABGACHA TA’LIM SOHASIDAGI ISLOHOTLAR

2021-03-30 818 marta ko'rildi.

Ma’lumki, yurtimizda Prezidentimiz tashabbusi bilan maktabgacha ta’lim sohasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada, albatta, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida malakali kadrlarni tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi. 

Termiz davlat universitetida maktabgacha ta’lim fakulteti mavjud bo‘lib, bu yerda yetakchi professor-o‘qituvchilar talabalarga saboq berib kelishmoqda. 2021 yilning 30 mart sanasida fakultetga Maktabgacha ta’lim vaziri o‘rinbosari Maqsudjon Yo‘ldoshev tashrif buyurdi.

Tashrif davomida M.Yo‘ldoshev fakultetda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, professor-o‘qituvchi va talabalar bilan suhbatlashdi.

Soha bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar borasida fikr almashildi, professor-o‘qituvchilar va talabalarning fikr-mulohazalari tinglandi, berilgan savollarga atroflicha javob berildi.