“ERTA TURMUSH VA ERTA TUGʻRUQ HOLATLARI HAMDA AJRIMLAR BILAN BOGʻLIQ HOLATLARNI

2021-03-30 793 marta ko'rildi.

Termiz davlat universitetida “Erta turmush va erta tug‘ruq holatlari hamda ajrimlar bilan bog‘liq holatlarni oldini olish” mavzusida talaba-qizlar ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda ginekolog-shifokor K.Nurmatova va taniqli shoira, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Do‘stlik”, “Mehnat shuhrati” ordenlari sohibasi Z.Mo‘minovalar ishtirok etishdi.

K.Nurmatova erta turmush, erta tug‘ruq va ajrimlar bilan bog‘liq muammolar, ularning oqibatlari haqida ma’ruza qilib, talaba-qizlarga keng ma’lumot va tavsiyalarini berib o‘tdi hamda mavzu doirasida berilgan savollarga atroflicha javob berdi.

Z.Mo‘minova esa mavzu doirasida o‘zining fikr-mulohazalarini bildirib, erta turmush qurish, ajrimlar va ularning oqibatlari to‘g‘risida hayotiy misollar asosida gapirib o‘tdi. Qolaversa, o‘zining ijodidan namunalar o‘qidi.