“XONATLAS JILOSI- 2021” MILLIY LIBOSLAR NAMOYISHI

2021-03-26 878 marta ko'rildi.

oriy yilning 26 mart kuni Termiz davlat universiteti Milliy libos fakultetida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti, “Dizayn Group” kompaniyasi, “INDENIM” savdo majmuasi hamda “ZIF Textile” qo‘shma korxonasi hamkorligida “Xonatlas jilosi”-2021 milliy liboslar kolleksiyasining namoyishi o‘tkazildi.

Tadbir davomida nafaqat yosh dizaynerlarning liboslar kolleksiyasi namoyishi, balki talabalar ishtirokida milliy raqs, viktorina o‘yinlari, milliy urf-odatlarimizga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishi, she’r va qo‘shiqlar, talaba yoshlarning ijodiy ishlari ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tdi.

Tadbir so‘ngida “Xonatlas jilosi -2021” ko‘rik tanlovida “Eng yaxshi eskizlar” hamda “Milliy liboslar kolleksiyasi” nominasiyalari bo‘yicha g‘olib bo‘lgan yosh dizaynerlar qimmatbaho sovg‘alar, diplom va sertifikatlar topshirildi.