TERDUDA UMUMXALQ XAYRIYA HASHARI O‘TKAZILDI

2021-03-13 1787 marta ko'rildi.

Dunyoda go‘zal va qadimiy bayramlar talaygina. Bularning ichida Navro‘z o‘zining qadimiyligi, chuqur ma’nosi va millatimizga xosligi bilan ajralib turadi. Bu bayramda barcha xafagarchiliklar unutiladi, urush va janjallar to‘xtatiladi.

Ushbu go‘zal bayram arafasida xalqimizda ajoyib an’ana mavjud. Ya’ni Navro‘z umumxalq bayramini nishonlashga tayyorgarlik ko‘riladi, mahallalar, aholi turar joylari, oromgohlar va dam olish maskanlari, korxona, tashkilot va muassasalar hududlari obodonlashtiriladi va ko‘kalamzorlashtiriladi.

Shu munosabat bilan bugun mamlakatimiz bo‘ylab  uyg‘onish va yangilanish ayyomi Navro‘z bayrami arafasida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharida Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchi va ishchi-xodimlari ham faol istirok etishdi.

Hashar davomida universitet hududi obodonlashtirilib, ko‘chatlar va gullar ekildi. Shuningdek, daraxtlar oqlandi, ularga shakl berildi.