"VAZIR KUBOGI” KURASH SPORTI MUSOBAQASINING VILOYAT BOSQICHI NATIJALARI

2021-03-10 1482 marta ko'rildi.

Respublikamizda mart oyining “Milliy qadriyatlar oyligi” deb e’lon qilinishi doirasida oliy ta’lim  muassasalari talabalari o‘rtasida kurash sport turi  bo‘yicha  “Vazir  kubogi”  musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.Shu munosabat bilan joriy yilning 10 mart kuni Termiz davlat universiteti sport majmuasida ushbu  musobaqaning Surxondaryo  viloyati hududiy  oliygohlar o‘rtasidagi kurash sport turi bosqichi tashkil etildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra,  Termiz  davlat  universiteti talabalari birinchi,  Toshkent pedagogika universiteti Termiz filiali talabalari ikkinchi va  Toshkent texnika universiteti Termiz filiali talabalari uchinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi.


Musobaqa g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan rag‘batlantirildi.