Ayolga ehtirom

2021-03-06 1558 marta ko'rildi.

8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Termiz davlat universitetining ko’p sonli ayol professor-o’qituvchilari, ishchi xodimlari sharaflandi. Tashkil etilgan bayram tadbirida universitet rektori A.Maraximov munis ayollarni qutlab, ularga eng ezgu tilaklarni bildirdi. 

San’at ustalari tomonidan namoyish qilingan konsert dasturi ayyom sababchilariga bayramona kayfiyat ulashdi.

Tashkil etilgan konsert dasturlarida ayollar sha’niga go’zal ashorlar bitilib, ularni madh etuvchi kuy-qo’shiqlar yangradi.


Professor-o’qituvchilar va ishchi xodimlar pul mukofoti bilan taqdirlanishdi.