Tabriklaymiz!!!

2021-03-04 1637 marta ko'rildi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 martdagi "Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to`g`risida"gi Qaroriga ko`ra Termiz Davlat universiteti Rus filologiyasi fakulteti Filologiya va tillarni o`qitish yo`nalishi 3-kurs talabasi Komiljonova Nilufar Shuxrat qizi Jamoatchilik faoliyati uchun nominasiyasi bo`yicha Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

Talabaning ota-onasi va ustozlariga minnatdorchilik bildiramiz, ularni ushbu muvaffaqiyat va yutuq bilan universitet rahbariyati, professor-o`qituvchilari va yoshlari nomidan samimiy tabriklaymiz!