TerDU Navbatdagi Kengash yig’ilishi tafsiloti

2021-03-06 1971 marta ko'rildi.

Kun tartibining asosiy masalasi sifatida Termiz davlat universitetini 2021-2023 yillarda innovatsion rivojlantirish va ta’lim sifatini ta’minlash dasturining taqdimoti o’tkazildi. Kengash a’zolari tomonidan tasdiqlangan dasturga ko’ra kelgusidagi vazifalar belgilab olindi. Dasturda belgilangan vazifalarga ko’ra, universitet ilmiy salohiyatini oshirish, moddiy texnik bazani mustahkamlash, o’quv va ma’naviy-ma’rifiy yo’nalishlarda istiqbolli harakatlar amalga oshiriladi. Yig’ilishda bir nechta masalalar ko’rib o’tildi. Barcha masalalar atroflicha muhokama qilinib, ularning ijrosi bo’yicha mas’ullarga zaruriy topshiriqlar berildi. 

Yakunda Kengash a’zolari universitet professor-o’qituvchilari tomonidan tayyorlangan darslik, monografiya, risola hamda o’quv qo’llanmalarni nashr etish uchun tasdiqlab berishdi.