TerDU Navbatdagi Kengash yig’ilishi tafsiloti

2021-02-27 1535 marta ko'rildi.

Universitet Kengash yig’ilishining bu galgisida ham dolzarb masalalar muhokama qilindi. Dastlab, an’anaga ko’ra ilmiy darajaga ega bo’lganlar va nomdor stipendinantlarga diplomlari tantanali topshirildi. Shuningdek, Universiada-2021 sport musobaqalarida faol ishtirok etgan universitet jamoasi va ularning murabbiylari ham faxriy yorliq va pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.

Shundan so’ng, universitet kafedralarining vakant (kafedra mudiri, dotsent, katta o’qituvchi, o’qituvchi) o’rinlariga e'lon qilingan tanlovga hujjat topshirgan nomzodlar ko’rib chiqildi va Kengash a’zolari tomonidan ovoz berish yo’li bilan ular tanlovdan o’tkazildi.

Shuningdek, universitetining «Faxriy o’qituvchi» ramziy unvoni  to’g’risidagi nizomi tasdiqlandi.