Xalqaro hamkorlik

2021-03-04 1537 marta ko'rildi.

Termiz davlat universitetiga Xalqaro taʼlim bo‘yicha Amerika Kengashlarining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Villiam Oroark boshchiligida Amerika Kengashlari xodimlari tashrif buyurdi. Universitet professor-o‘qituvchilari va talabalariga Amerika Kengashlari faoliyatini tanishtirish maqsadidagi tashrif davomida mamlakatimizda Kengash tomonidan olib borilayotgan dasturlar bo‘yicha taqdimot seminari o‘tkazildi.

Unda  Kelajak liderlar almashinuvi (FLEX), “Amerikaga darcha” (American Window), Yosh mutaxassislar uchun amaliyot, Ingliz tilida so‘zlashuvchi millat: O‘rta maktab o‘qituvchilarining malakasini oshirish (ESN: STT), O‘zbekiston biznes yetakchilari  (UBL), Markaziy Osiyo universitetlari bilan hamkorlik (UNiCEN), Bakalavriat global almashinuvi (Global UGRAD) kabi dasturlar haqida maʼlumot berildi.


Mehmonlar tashrif davomida universitetning Axborot-resurs markazi hamda Xorijiy filologiya fakultetlari bilan tanishib, kelgusidagi hamkorlik aloqalari muhokama qilishdi.