DIQQAT TANLOV!

2021-03-03 1850 marta ko'rildi.

Termiz Davlat Universiteti talabalari o‘rtasida  “YANGI O‘ZBEKISTON YOSHLAR NIGOHIDA” ko‘rik-tanlovi e'lon qilinadi.

Tanlov quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi: 

– Yurt madhi – yozma material (ESSE), hikoya, ocherk, qasida, she’r yoki boshqa shaklda; 

– Foto suratlar – raqamli foto materiallar, fotokollaj, fotoocherk,  fotomontaj yoki boshqa shaklda; 

– Rassomchilik va dizayn – manzara, tarixiy rasm, natyumort, rang tasvir va boshqa janrlarda; 

– Video va animasiya – qisqa metrajli ijtimoiy, ta’limiy, tanishtiruv videoroliklar, an’anaviy, vektorli, uch o‘lchamli  mahsulot. 

Tanlovning shartlari:

- taqdim etilgan material tanlovning aniq bir yo‘nalishini qamrab olgan bo‘lishi; 

- har bir taqdim etilgan material shaxsan ijod qilingan, yozilgan, yaratilgan, ishlab chiqilgan bo‘lishi; 

- har bir taqdim etilgan material qisqacha tavsiflangan, izohlangan bo‘lishi; 

- arizaning barcha bandlari to‘ldirilgan bo‘lishi; 

- agar taqdim etilgan material OAVda va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan bo‘lsa, ularga havolalar yoki boshqa manbaalarini taqdim etilishi.

Tanlovda belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar joriy yilning 10-mart kuniga qadar tashkiliy qo‘mita manziligi @TerDU_tanlov_bot  ga elektron shaklda quyidagilarni taqdim etishi kerak: 

1) Nomzodning arizasi; 

2) Tanlangan yo‘nalish bo‘yicha mos materiallar; 

3) Materialni OAVda va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinganligi bo‘yicha havolalar yoki boshqa manbaalar (agar bo‘lsa).

Ko‘rik-tanlovning har bir yo‘nalishi bo‘yicha 3 ta o‘rin belgilanadi va 4 ta yo‘nalishning har bir g‘oliblari quyidagi ko‘rinishda sovg‘alar bilan taqdirlanadi: 

1-o‘rin – kompyuter; 

2-o‘rin – noutbuk; 

3-o‘rin – mobil telefon.

Tanlov loyihalari 2021 yil 1 martdan 15 mart soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

 Gʼoliblar 2021 yil 20 martda eʼlon qilinadi.

Batafsil ma'lumot uchun: @TerDU_tanlov_bot dan tanlov  

nizomi bilan tanshishiz munkun.

@terdu340