Zulfiyaxonim tavvalludining 106- yilligiga

2021-03-01 1684 marta ko'rildi.

1- mart kuni o'zbek filologiyasi fakultetida Zulfiyaxonim tavvalludining 106- yilligiga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi.

Tadbirda Zulfiya ijodining milliy adabiyotimizdagi o'rni va Zulfiya she'riyatida ayol qalbi kechinmalari haqida ma'ruzalar qilindi.

Tadbirda talabalar tomonidan Zulfiyaxonim ijodidan namunalar keltirildi, kuy - qo'shiq, sahna ko'rinishlari namoyish etildi.

Shuningdek,  fakultetning birinchi bosqich talaba- qizlari o'rtasida "Balli qizlar" tanlovi o'tkazildi. Qizlar turli shartlar asosida o'z mahoratlarini namoyish etdilar.


Tanlov so'ngida g'oliblar va faol qatnashgan talabalar taqdirlandi. Hakamlar hay'atining baholari bilan quyidagi talabalar munosib o'rinlarni egallashdi:

1-o'rin Jo'rayeva Muhayyo (103- guruh)

2-o'rin Safarova Shahlo (101- guruh)

3-o'rin Qayumova Maftuna (106- guruh) va  Abramatova M (102- guruh).