Universitet axborot resurs markazining fondi yanada boyitiladi

2021-02-17 2032 marta ko'rildi.

Universitet rektori A.Maraximovning navbatdagi tanishuv mazili Axborot resurs markazi bo‘ldi.

Unda markaz fondi, kitobxonlar uchun yaratilgan sharoit, kompyuter texnologiyalari bilan ta’minlanganlik holati kabi jihatlar o‘rganildi. Mutassaddilarga markaz fondini zaruriy adabiyotlar, darslik va elektron kitoblar bilan boyitish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.Shuningdek, imkoniyati cheklangan talabalar uchun moslashgan maxsus kompyuter jamlanmasi, ko‘zi ojizlar uchun mo‘ljallangan adabiyotlar hamda darsliklarni tashkil etish bo‘yicha ham kelishib olindi.


Mas’ullarga tanishuv davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, sharoitni yanada yaxshilash, axborot resurs markazini boyitish bo‘yicha zaruriy ko‘rsatmalar berildi.