Prokuror va yoshlar uchrashuvi

2021-02-18 2104 marta ko'rildi.

16-fevral kuni  Termiz davlat universitetining faollar zalida Termiz shahar Prokurori X. Mamatqulov hamda Termiz harbiy prokurori Adliya podpolkovnigi Sh. Toshmatovlar bilan “Prokuror va muddatli harbiy xizmatni o‘tab, o‘qishga qabul qilingan yoshlar” bilan uchrashuv bo‘lib o’tdi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad, kelajak egalari bo‘lmish yoshlarni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, ularni har tomonlama yetuk va barkamol bo‘lib ulg‘ayishlarida kerakli bilimlarni berish hamda Prokurorlik kasbiga qiziqishlarini oshirish, tinchligi yo‘lida mard va jasur yigitlarni kamol toptirishga qaratilgan.