Manfaatli uchrashuv

2021-02-16 2194 marta ko'rildi.

Termiz davlat universitetiga Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi rahbari Ulug’bek Tashkenboyev tashrif buyurdi.

Talaba-yoshlar bilan bo’lgan suhbatda ta’limdagi o’zgarishlar, o’quv jarayonini yaxshilash va sifatini oshirish, mavjud muammolar hamda ularning yechimiga doir fikrlar bildirildi.

Fakultetlarda davom etgan uchrashuvlarda universitetda yaratilgan sharoitlar o’rganildi. Universitet va ta’lim tashkilotlarining hamkorligi tahlil etilib, zaruriy tavsiyalar berildi.


Yakunda universitet hamda viloyatdagi barcha ta’lim tashkilotlari vakillariga ta’lim sifatini ta'minlash bo’yicha o’quv seminari tashkil etildi.

Savol-javoblarga boy bo’lgan mazkur seminar har tomonlama manfaatli bo’ldi.