HASHAR – ELGA YARASHAR

2021-02-14 2187 marta ko'rildi.

Xalqimizda “Hashar – elga yarashar”  degan gap bor. Darhaqiqat, ota-bobolarimiz azaldan birlashib guzarlarni obodonlashtirishgan, suv yo‘llarni tozalab, mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazishgan. Hashar nafaqat tozalik, ozodalik, obodonlashtirishga undaydi, balki jamoani yanada jipslashtiradi, yoshlarni mehnatsevarlikka o‘rgatadi.

Bilamizki, Surxon zaminiga bahor erta keladi. Hali qish butunlay tark etmagan bo‘lsa-da, atrofga boqsangiz bahor nafasi allaqachon kezib yurganiga guvoh bo‘lasiz.

Bugun universitetda jamoaning tashabbusi bilan hashar tashkil etildi.  Unda professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar, ko‘ngilli talabalar ishtirok etishdi. Universitet hududi begona o‘tlardan tozalandi, daraxtlarga shakl berildi, oqlandi, gullar ekildi. Eng muhimi, bu ishlarning barchasi ko‘tarinki kayfiyat, xushchaqchaqlik bilan o‘tkazildi.