ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR TAVALLUDI KENG NISHONLANDI

2021-02-13 2301 marta ko'rildi.

Zahiriddin Muhammad Bobur o‘rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan adib, shoir, olim bo‘lishi bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir.

14 fevral – Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538 yilligi Respublikamizning barcha muassasalarida, qolaversa, xorijdagi oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlarida ham keng nishonlandi. Jumladan, Termiz davlat universitetining barcha fakultetlarida Bobur tavalludi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, adabiy kechalar, tanlovlar tashkil etildi. 


Xususan, O’zbek filologiyasi fakultetida bo‘lib o‘tgan “Bobur kabi Vatanni seving” nomli sahnalashtirilgan tadbirda P.Qodirovning “Yulduzli tunlar” romanidan sahnaviy ko‘rinish, San’atshunoslik fakultetida esa ijodiy ko‘rgazmalar tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar universitet rektorining buyrug‘iga asosan pul mukofoti bilan taqdirlandi.