Fizika faniga oid yangi ilmiy va o’quv adabiyotlar taqdimoti

2021-02-13 2228 marta ko'rildi.

2021 yil 13 fevral kuni Termiz davlat universiteti Axborot resurs markazida “Fizika faniga oid yangi ilmiy va o’quv adabiyotlar taqdimoti” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. 

Unda Fizika-matematika fakultetining professor-o‘qituvchilari tomonidan fizika ta’limi yo’nalishi talabalari va tadqiqotchilari fizika sohasida mavjud fanlar bo‘yicha chop etilgan yangi darslik, o’quv va ilmiy adabiyotlar, o‘quv resurslari va materiallar bilan tanishtirildi. 

Talabalarning darslik va o‘quv qo‘llanmalarni topish bilan bog‘liq muammolar, elektron resurslarning yetarli emasligi yuzasidan liq savollariga javoblar berildi, resurs markazida foydalanuvchilar uchun sharoitlarni yanada yaxshilash to‘g‘risida takliflari o‘rganildi.

Kelgusida universitetda har bir yo‘nalish bo‘yicha bunday taqdimotlarni muntazam o‘tkazilishi belgilangan.