Navbatdagi tashrif universitet qoshidagi 1-sonli akademik litseyida bo‘lib o‘tdi

2021-02-13 2261 marta ko'rildi.

Ma’lumki, Termiz davlat universiteti rektori A.Maraximov fakultetlar faoliyati bilan tanishib, professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan muloqotlar qilib kelmoqda. Navbatdagi tashrif universitet qoshidagi 1-sonli akademik litseyida bo‘lib o‘tdi. 

Dastlab rektor litseydagi obodonchilik ishlari, o‘quv sohasi bilan tanishdi, dars jarayonlarini kuzatdi, o‘quvchilar bilan suhbatlashdi.    So‘ng litsey majlislar zalida o‘qituvchi va o‘quvchilar ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.    Unda rektor o‘quv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda istiqbolda amalga oshiriladigan rejalar, chora-tadbirlar haqida ma’lumot berdi.       Litsey jamoasi oldida bir qator vazifalar qo‘yilib, universitet rahbariyati va jamoasi har tomonlama ko‘mak berishga tayyor ekanligini bildirdi.      Uchrashuvda o‘qituvchi va o‘quvchilarning fikr-mulohazalari, takliflari tinglandi. Takliflar bo‘yicha mutasaddi rahbarlarga ko‘rsatmalar berildi.