Termiz davlat universitetida

2021-02-11 2213 marta ko'rildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining farmoyishiga asosan e’lon qilingan “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalarini tarqatilishiga qarshi kurashish” oyligi doirasida Termiz davlat universiteti talaba-yoshlari o‘rtasida ham keng targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

Targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini o‘tkazishda bevosita Surxondaryo viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar mas’ul xodimlari va tibbiyot xodimlarining ishtirok etayotganligi esa profilaktik ishlarning sifat va samaradorligini yanada oshishini ta’minlamoqda.

Tadbirda giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlarga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, bugungi kunda mamlakatimizda ichki va tashqi turizmni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida batafsil tushuntirib o‘tildi.


Talaba-yoshlarga giyohvandlikning salbiy oqibatlari aks etgan bukletlar tarqatilib, IIV Axborot xizmati tomonidan tayyorlangan “O‘zini yo‘qotganlar” va  “Biz  OITSga  qarshimiz, Sizchi?” nomli videofilmlar namoyish etildi.