Navoiyga ehtirom

2021-02-09 2314 marta ko'rildi.

Ulug‘shoir, davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini Termiz davlat universiteti jamoasi ham keng miqysda nishonladi.

Barcha fakultetlarda o‘tkazilgan tadbirlarda shoir shaxsiga ehtirom ko‘rsatildi. Talabalar tomonidan Navoiy qalamiga mansub g‘azal va ruboyilar ijro etildi, shoir hayoti va faoliyatiga doir sahna ko‘rinishlari namoyish qilindi.Yubiley sanaga bag‘ishlangan universitetning asosiy bayram tadbirida rektor A. Marahimov ham ishtirok etib, talaba-yoshlarni Navoiy asarlaridagi boy ma’naviy g‘oya asosida tarbiyalash davrning dolzarb vazifasi ekanligini alohida ta’kidladi.Yozuvchi va shoirlar, navoiyshunos olimlar shoir ijodi hamda faoliyatiga doir ma’ruzalari bilan chiqish qilishdi.Yakunda Navoiy ijodiga mansub g‘azal va ruboiylar kuyga solinib, yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat ulashildi.