ALISHER NAVOIY TAVALLUDINING 580 YILLIGIGA BAG‘ISHLANGAN NAVBATDAGI TADBIR

2021-02-08 2462 marta ko'rildi.

Bugun Termiz davlat universiteti qoshidagi 1-son akademik litseyda o‘zbek filologiyasi va san’atshunoslik fakultetlari bilan hamkorlikda Alisher Navoiyning 580 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir avvalida o‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi dotsenti, f.f.n. B.Murtazaev “A.Navoiyning adabiy va ilmiy merosi” mavzusida ma’ruza qildi.

So‘ng talaba va o‘quvchilar tomonidan shoirning g‘azal va ruboiylaridan namunalar o‘qildi.

San’atshunoslik fakultetining Maqom ansambli tomonidan Navoiy g‘azallariga bastalangan qo‘shiqlar ijro etilib, tadbirga yanada ko‘rk bag‘ishladi.