ALISHER NAVOIYNING 580 YILLIGI TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

2021-02-05 2363 marta ko'rildi.

Buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar fakultetlarda ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tmoqda. Jumladan, 5 fevral kuni milliy hunarmandchilik va kulolchilik va maktabgacha ta’lim fakultetlarida ushbu tadbirlar tashkil etildi.


Milliy hunarmandchilik va kulolchilik fakulteti talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Navoiy siymosi rassomlar nigohida” tanlovi g‘oliblari aniqlanib, ular esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Shuningdek, maktabgacha ta’lim fakultetida "Alisher Navoiy ijodida komil inson tarbiyasi" nomli  tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir avvalida fakultet professor-o‘qituvchilari tomonidan Alisher Navoiy ijodi, uning insoniyat tarixida tutgan o‘rni masalalari yuzasidan ma’ruzalari tinglandi. So‘ng talabalar tomonidan shoir ijodidan namunalar o‘qildi, kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Yakunda tadbir faollariga esdalik sovg‘alari topshirildi.