ALISHER NAVOIY IJODIDA VATANPARVARLIK G‘OYALARI

2021-02-06 2349 marta ko'rildi.

5 fevral kuni Termiz davlat universiteti arxitektura va qurilish fakultetida buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning 580 yilligiga bag‘ishlab, Surxondaryo viloyati Milliy gvardiya bo‘linmasi bilan hamkorlikda “Biz Navoiy  izdoshlarimiz” nomli sahnalashtirilgan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Fakultet talabalari  Navoiy g‘azal va ruboylaridan namunalar o‘qishdi.Milliy gvardiya bo‘linmasi harbiylari tomonidan ijro etilgan qo‘shiqlar shoir ijodidagi vatanparvarlik g‘oyalarini o‘zida tarannum etdi.Tadbir bayramona, ko‘tarinki ruhda tashkil etilganligi e’tirof etildi.