"Yodi hamisha yodda"

2021-01-30 2494 marta ko'rildi.

O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning xotirasiga bag‘ishlab "Yodi hamisha yodda" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.


Tadbirni Yuridik fakultet dekani J.T.Xolmo‘minov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tadbirda O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi "Islomshunoslik" fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari G‘.Rasulov , Yuridik fakulteti "Davlat va huquq nazariyasi va tarixi" kafedrasi katta o‘qituvchisi N.Yangiboev, Yuridik fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari M.Norqobilovlar so‘zga chiqib, marhum Prezidentning ibratli ishlarini tilga olishdi.


Tadbir doirasida I.Karimov hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan hujjatli film namoyish qilindi.

Birinchi Prezidentimizning hayot yo‘li, mamlakatimiz taqdiriga daxldor buyuk ishlari haqida ma’ruzalar tinglandi.