Universitet rektorining navbatdagi tanishuv manzili Tabiiy fanlar fakulteti

2021-01-27 2626 marta ko'rildi.

Universitet rektorining navbatdagi tanishuv manzili Tabiiy fanlar fakulteti bo‘ldi. A. Marahimov dastlab fakultet talabalari va jamoaning professor-o‘qituvchilari bilan tanishdi.


Yaratilgan sharoit va mavjud imkoniyatlar, o‘quv va ilmiy faoliyatni kuchaytirish bo‘yicha qilinishi lozim bo‘lgan ishlar e’tiborda bo‘ldi.


Uchrashuv davomida fakultetdagi labaratoriya jihozlari va ulardan foydalanish darajasi ham o‘rganildi.  Yakunda jamoaning fikr va mulohazalari tinglanib, faoliyatni yanada rivojlantirish bo‘yicha zaruriy topshiriqlar berildi. 

Eslatib o‘tamiz rektor ishtirokidagi bunday uchrashuvlar barcha fakultetlarda bo‘lib o‘tadi.