Rektor va sardorlar muloqoti

2021-01-25 2946 marta ko'rildi.

Universitet rektori A. Marahimov barcha fakultet sardorlari bilan ochiq muloqot o’tkazdi. Tanishuv, do’stona suhbat, universitetda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, sardorlar va ularning vazifalari kabi mavzular uchrashuvning asosiy mavzusi bo’ldi. A. Marahimov sardorlar guruhning boshi, universitetni faollari bo’lishi kerakligini alohida ta’kidladi.


Uchrashuv davomida rektor Termiz davlat universitetining "Yoshlar parlamenti" ni tashkil etish taklifini berdi va bu sardorlar tomonidan ma’qullandi.


Shuningdek, universitet rahbari tomonidan iqtidorli talabalar uchun maxsus stipendiya va guruh rahbarlari orasida turli tanlovlar tashkil etib, ularni rag’batlantirish kabi bir qancha takliflar berildi.


Samimiy ruhda o’tgan muloqot fikr-mulohazalar va savol javoblarga boy bo’ldi. Eng muhimi mazkur uchrashuv sardor talabalarda iliq taassurot qoldirdi.