Faoliyatimizni yakdillik va shaffoflikda olib boramiz!

2021-01-21 3345 marta ko'rildi.

Termiz davlat universiteti rektori Avazjon Marahimov universitetning rektorati hamda fakultet dekanlari bilan uchrashuv o‘tkazib, bundan keyingi  faoliyatni yakdillik va shaffoflikda olib borilishini alohida ta’kidladi.


Universitetning o‘quv jarayoni sifatini ta’minlashga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, har bir muammoni atroflicha o‘rganish, istiqboldagi  rejalarni shakllantirish hamda amalga oshirishda jamoa fikri birlamchi bo‘lishi muhimligi aytib o‘tildi. Uchrashuv ishtirokchilari universitetni rivojlantirish yuzasidan o‘z takliflarini bildirdilar.

- Eng yaqin maqsadimiz universitetni respublikada eng nufuzli universitetlardan biriga aylantirishdir!