Termiz davlat universiteti Psixologiya kafedrasi katta oʻqituvchisi

2020-12-26 3508 marta ko'rildi.

Termiz davlat universiteti Psixologiya kafedrasi katta oʻqituvchisi Qodirova Aziza Bekmurodovna “Al-Hakim at-Termiziy asarlarida psixologik qarashlar” mavzusidagi psixologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.


Universitetning koʻp sonli professor-oʻqituvchilari nomidan Aziza Bekmurodovnani ushbu yutugʻi bilan qutlab, u kishiga mustahkam sogʻlik, oilaviy xotirjamlik, ilm yoʻlidagi mashaqqatli va sharafli kasbiga baraka tilaymiz.


Olimlarimiz safi kengayaversin.