OTM va maktablar hamkorligi

2020-12-16 3677 marta ko'rildi.

Termiz davlat universiteti professor-oʻqituvchilari viloyatimizdagi umumta’lim maktablariga uslubiy yordam berish maqsadida ular bilan hamkorlik ishlarini olib borishmoqda.

Jumladan, universitetning Oʻzbek filologiyasi, Tarix, Maktabgacha ta’lim, Tabiiy fanlar, Pedagogika, Rus filologiyasi, Xorijiy filologiya, Arxitektura va qurilish fakultetlari jamoasi oʻzlariga biriktirilgan tumanlardagi maktablarga borib, ta’lim sifatini yanada yaxshilash va maktab oʻqituvchilarining bilim va tajribalarini rivojlantirish uchun koʻmak berishmoqda.

 

Bunda ta’lim muassasalarining pedagoglari birgalikda maktablarning istiqbolli yoʻl xaritalari ishlab chiqilib, ularning ijrosi boʻyicha doimiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyishmoqda.

 

Shuningdek, universitet professor-oʻqituvchilari oʻzlariga biriktirilgan maktablarda barcha fanlardan oʻquv mashgʻulotlarini tashkil qilmoqdalar.