TALABALAR OʻQISHINI KOʻCHIRISH BOʻYICHA!

2020-12-24 3763 marta ko'rildi.

Termiz davlat universitetida Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirining 651-sonli buyrugʻiga asosan talabalar oʻqishini uzrli sabablarga koʻra respublika oliy ta’lim muassasalariga koʻchirish haqidagi arizalarni qabul qilish uchun hududiy ishchi guruh faoliyati tashkil etildi.

Belgilangan nizomga muvofiq quyidagi uzrli sabablarga ega boʻlgan fuqarolardan arizalar qabul qilinadi:

1.Talaba bir hududdan ikkinchi hududga doimiy yashash uchun yoki turmushga chiqish munosabati bilan koʻchib oʻtganda;

2.Talabaning turmush oʻrtogʻi yoki ota-onasi harbiy xizmat oʻtash joyini oʻzgartirganda;

3.Talabaning ota-onasi (turmush oʻrtogʻi) xorijdagi davlat xizmatidan qaytganda.

Ushbu sabablardan boshqa holatlarda fuqarolar oʻqishni koʻchirish boʻyicha umumiy tartibda har yili 15 iyuldan 5 avgustga qadar ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.

Taqdim etilishi lozim boʻlgan hujjatlar quyidagicha:

- oʻqishni koʻchirish boʻyicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida toʻldiriladi);

- talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi boʻlsa yetarli);

- pasport nusxasi;

- yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

Ishchi guruhga 2021 yilning 25 yanvar kuniga qadar har kuni soat 9:00 dan 17:00 gacha (yakshanba - dam olish kuni; shanba - soat 9:00 dan 15:00 gacha) yozma ariza bilan murojaat qilishingiz mumkin.

Qoʻshimcha ma’lumotlar uchun oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻi K.Yadgarovga murojaat qilishingiz mumkin:

(76)-221-77-38

+998 94 5794836