Termiz davlat universiteti akademik litseyida

2020-12-22 3836 marta ko'rildi.

Termiz davlat universiteti akademik litseyida Prezidentimizning 2020 yil 3 dekabrdagi PQ-4910-sonli “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida koʻzda tutilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida yigʻilish oʻtkazildi.

Universitet rektori A.Toshqulov rahbarligida oʻtkazilgan tadbirda akademik litsey pedagog-xodimlari va oʻquvchilariga qaror mazmun-mohiyati tushuntirildi.


Yigʻilishda akademik litseyda ta’lim sifatini yaxshilash, zamonaviy axborot-kommunikatsiya va ta’lim texnologiyalarining mustahkam integratsiyasini ta’minlash, bu borada universitet professor-oʻqituvchilarini dars mashgʻulotlariga jalb qilish, oʻquvchilarning axborot texnologiyalari boʻyicha savodxonligini oshirish, ularni “ustoz-shogird” tizimi asosida tegishli sohada yuqori natijalarga erishgan malakali mutaxassislarga biriktirish masalalari muhokama qilindi.                                                                             

Shuningdek, yigʻilish davomida akademik litseydagi mavjud kamchiliklar oʻrganilib 2021 yilda amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar belgilab olindi.