3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni

2020-12-03 4450 marta ko'rildi.

Ma’lumki, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992 yil 14 oktyabrdagi  37-yalpi majlisida qabul qilingan rezolyutsiyaga muvofiq, 3 dekabr Xalqaro nogironlar kuni deb e’lon qilingan.

Mazkur xalqaro hujjatga muvofiq, BMTga a’zo barcha mamlakatlarga, shuningdek, tegishli tashkilotlarga nogironligi bor shaxslarning toʻlaqonli hayot kechirishi, ishlashi, ta’lim olishi va salomatligini tiklashi uchun muntazam tarzda zarur shart-sharoitlar yaratib berish, mazkur kunni keng miqyosda nishonlash tavsiya etilgan.

Shu munosabat bilan Termiz davlat universitetida ham tadbir tashkil etildi, moddiy ragʻbat va homiylar sovgʻalari topshirildi.