Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti dekani,

2020-12-11 4296 marta ko'rildi.

Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti dekani, mustaqil izlanuvchi Samatov Zokir Olloqulovich “Sanoat korxonalarining oliy ta’lim muassasalari bilan innovatsion korporativ hamkorligini rivojlantirish” mavzusidagi iqtisodiyot  fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Universitetning koʻp sonli professor-oʻqituvchilari nomidan Samatov Zokir Olloqulovichni ushbu yutugʻi bilan qutlab, u kishiga mustahkam sogʻlik, oilaviy xotirjamlik, ilm yoʻlidagi mashaqqatli va sharafli kasbiga baraka tilaymiz.

 Olimlarimiz safi kengayaversin!