TerDU: Navbatdagi Kengash yigʻilishi tafsiloti

2020-11-30 4471 marta ko'rildi.

Yigʻilish kun tartibiga koʻra, universitet axborot resurs markazida oʻquv adabiyotlarni ta’minlash borasida harakatlar, magistratura talabalarining ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, universitetda professor-oʻqituvchilarning axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish darajalarini aniqlash uchun oʻtkazilgan test natijaliri va boshqa bir qator masalalar muhokama etildi.

 

Yigʻilishda kun tartibidagi masalalar boʻyicha mas’ullarning hisobotlari tinglanib, amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar boʻyicha zaruriy topshiriqlar berildi. An’anaga koʻra yigʻilish davomida qator yutuqlarga erishgan professor-oʻqituvchilar tabriklandi.

Jumladan, 1 nafar dotsent ilmiy unvoniga, 4 nafar falsafa doktori ilmiy darajasiga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilar va 1 nafar koʻkrak nishon egasi taqdirlandi. 

Shuningdek, darslik, monografiya, oʻquv qoʻllanmalari nashr etilganlar ham qutlandi.

Yakunda kun tartibiga qoʻyilgan masalalarning  ijrosi boʻyicha mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatildi.