1992 yil 2 iyul - Davlat gerbi to‘g‘risidagi qonun qabul qilingan.

2020-07-02 5098 marta ko'rildi.

2 iyul - mustaqil O‘zbekiston tarixi sahifalaridagi yana bir muhim sana, u bizga suveren taraqqiyotning ahamiyatini eslatib turadi.

1992 yil aynan shu kuni O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risidagi qonun qabul qilingan.

Suverenitetimiz timsollaridan biri milliy merosimizning eng yaxshi jihatlarini o‘zida mujassam etgan, uning tasvirlari esa xalqimiz uchun katta ahamiyatga ega.