"Kitobxonlik oyligi" davom etmoqda

2021-04-08 411 marta ko'rildi.

Universitet talaba-yoshlari oʼrtasida kitobxonlikni keng targʼib qilish maqsadida “Kitobxonlik oyligi” doirasida Oʼzbek adabiyoti va madaniyati rivojiga unutilmas hissa qoʼshgan atoqli adib va jamoat arbobi, Oʼzbekiston xalq yozuvchisi Oʼtkir Hoshimov ijodiy merosining yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga muhabbat ruhida tarbiyalash borasidagi ulkan ahamiyatini inobatga olib, adib tavalludining 80 yilligini keng nishonlash va xotirasini abadiylashtirish maqsadida Oʼzbek filologiya fakultetining iqtidorli adabiyotga havasmand talabalari va professor-oʼqituvchilari ishtirokida universitet axborot resurs markazida "Oʼtkir Hoshimov adabiy ijodi"nomli madaniy maʼrifiy tadbir, shuningdek, Pedagogika fakulteti talabalari tomonidan O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf xotirasiga bag'ishlangan "Yurakda yashaydi asl shoirlar" nomli adabiy-badiiy kitobxonlik kechasi bo'lib o'tdi.