“ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O‘YININING NAVBATDAGI TURI BO‘LIB O‘TDI

2021-04-08 456 marta ko'rildi.

lm insonni yuksaltiradi. Bugungi globallashuv zamonida bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish, vaqtni behudaga sarflamaslik  muhimdir. Termiz davlat universitetida talabalar tashabbusi bilan turli intellektual o‘yinlar tashkil etilmoqda va ishtirok etishni xohlovchi yoshlar tobora ortib bormoqda. 


O‘zbek va Pedagogika fakultetlarida “Zakovat” intellektual o‘yinining navbatdagi  tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Jamoalar har sohada o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. 


Yakunda “Filolog kubogi” 2-mavsum 3-tur o‘yinida o‘zbek filologiyasi fakultetining “Lady's philolog” hamda  xorijiy filologiya fakultetining “Grefindor” jamoalari g‘olib bo‘lishdi va keyingi turga yo‘l olishdi. 


Pedagogika fakultetida tashkil etilgan o‘yinda esa pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishi 220 guruhidan tashkil topgan “Yosh psixologlar” jamoasi g‘olib bo‘lishdi. 


Gʻoliblar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.