Ilmdan boshqa najot yoʼq va boʼlmagay

2021-03-31 664 marta ko'rildi.

Ilm har qanday zamonda va makonda ham najot yoʼli, zulmatni yorituvchi nur, insonni kamolotga yetaklovchi buyuk neʼmat boʼlgan. Buning yorqin dalili sifatida Imom Buxoriyning oʼn ikki asr oldin “Ilmdan boshqa najot yoʼq va boʼlmagay” degan fikrlarini keltirish mumkin. 

2021 yil 31 mart kuni Termiz davlat universitetida “Ilmdan boshqa najot yoʼq va boʼlmagay” mavzusida olimlar va mutaxassislar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi xodimi U.Oʼljayev, Surxondaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv boʼlimi xodimi, mayor X.Allayev, Surxondaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv boʼlimi xodimi Sh.Narzullayev, Termiz davlat universiteti Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi boshligʼi va talabalar ishtirok etdi.