“Talaba qizlarni xuquqiy savodxonligini oshirish

2021-03-31 662 marta ko'rildi.

“Talaba qizlarni xuquqiy savodxonligini oshirish","Sogʼlom turmush tarzini shakllantirish, reproduktiv salomatlikni mustahkamlash, oilaviy ajralishlarning salbiy oqibatlari” mavzularidagi davra suhbati 

31 mart kuni universitetda Аdliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlar agentligi direktori Z.Xakimova, Viloyat ijodkor ayollar raisi, Xalq taʼlim aʼlochisi ,"Moʼtabar ayol" koʼkrak nishoni sohibasi, "Shuhrat" medali sohibi S.Yusupova, Viloyat "Buvijonlar maktabi" aʼzosi M.Neʼmatova, "Xurayda" jurnali bosh muharriri N. Ergashevlar ishtirokida talaba-qizlar bilan uchrashuv oʼtkazildi.


Muloqot chogʼida mamlakatimizda yoshlar bilan ishlash, ularning taklif va tashabbuslarini qoʼllab-quvvatlash, shuningdek, sud-huquq sohasi, xususan, prokuratura va ichki ishlar tizimida amalga oshirilayotgan keng koʼlamli islohotlar, shuningdek, nikoh-oila munosabatlari, reproduktiv salomatlikni mustahkamlash, oilaviy ajralishlarning salbiy oqibatlari, oilaviy hayot psixologiyasi haqida suhbatlashishdi.