Respublikadagi davlat oliy ta’lim muassasalariga o’qishini ko’chirish va tiklash uchun onlayn ariza yuborish axborot tizimi ishga tushirildi.
Tizimga mana bu havola orqali o’ting: transfer.edu.uz
Diqqat, tizim hozircha test rejimida. Tizim soat 15.00 dan boshlab to’laqonli ishlaydi.
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy telegram kanaliga ulanish
2020-07-16
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasasalarini 2019/2020 o’quv yili bitiruvchilari uchun diplomning elektron nusxasini olish imkoniyati yaratildi.
Xizmatdan foydalanish uchun quyidagi harakatlarni bajaring:
1) diplom.edu.uz veb-saytiga kiring. Ekraningizdagi paydo bo’lgan sahifaning «JShShIR» qismida pasportingizdagi tegishli ma’lumotni kiriting va «Tekshirish» tugmachasini bosing.
2) Keyingi sahifada bitiruvchining shaxsiy ma’lumotlari aks etadi. Agarda mazkur sahifaning «Diplom raqami» qismida ma’lumotlar mavjud bo’lsa, «Diplom nusxasini ko’chirib olish» tugmachasini bosing.
Mabodo, «Diplom raqami» qismida ma’lumotlar aks etmasa, o’zingiz tamomlagan oliy ta’lim muassasasiga murojaat qiling.
Bakalavriat bitiruvchilari diplom va uning ilovasi elektron nusxalari bilan magistr.edu.uz veb-platformasi orqali 2020/2021 o’quv yili uchun magistraturaga onlayn hujjat topshirishlari mumkin.
__________________________________
Yangilikni bitiruvchi yaqinlaringizga ulashing: t.me/otm_info
2020-07-16
Respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriati bo‘yicha ayrim ta’lim yo‘nalishlarida o‘qish muddati 3 yil etib belgilangan. Quyidagi ro‘yxat bilan tanishing:
- “Maktabgacha ta’lim” ta’lim yo‘nalishi - 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-iyundagi PQ-3769-son qaroriga muvofiq);
- “Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi - 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-iyundagi PQ-4749-son qaroriga muvofiq);
- “Musiqa ta’limi”; “Jismoniy madaniyat”; “Texnologik ta’lim”; “Chaqiriqqacha harbiy ta’lim”; “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi”; “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport” ta’lim yo‘nalishlari- 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 fevraldagi PQ-4623-son qaroriga muvofiq).
2020-07-09
Bugungi brifingda Tibbiyot fanlari doktori, professor, koronavirusga qarshi kurash shtab a’zosi Habibullo Oqilov aytgan gaplarga DTM rasmiy bayonot berdi yaʼni imtihon onlayn boʻlmasligini bu masalani O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi hal qilishini va kirish imtihonlarini o‘tkazish tartibi o‘zgarmaganligini taʼkidladi!
P.S: Ertaga Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi hamda Davlat test markazi mas'ullari bilan birgalikda brifing bo'lib o'tishi kerak. Unda, qabul - 2020 hamda kirish imtihonlariga oid masalalarda axborot beriladi. Balkim mana shu brifingda masʼullardan toʻliq javob olarmiz. Hozircha xulosa qilishga shoshilmang, sabr qiling!
2020-07-09
Milliy sertifikatga davogar abituriyentlarning 10-11-iyuldagi imtihonlari 9-iyulga ko‘chirildi
Chet tilini bilish va egallash darajasiniz aniqlash test sinovlarining gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 9-10-11 iyul kunlari bo‘lib o‘tishi eʼlon qilingan edi.
O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining axboroti eʼlon qilinganligi va 10-iyuldan karantin cheklovlari joriy etilayotganligi munosabati bilan chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlarining 10-11-iyul kunlari o‘tkazilishi belgilangan gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 9-iyul kuniga ko‘chirildi.
Talabgorlar imtihon joyi, kuni va vaqtini Davlat test markazining rasmiy veb-saytidan shaxsiy kabineti orqali bilib olishlari mumkin.
Barchangizga omad tilaymiz!!!
2020-07-09
O’zbekistonda xorijiy OTM tomonidan berilgan masofadan o’qitilgan va 3 yillik sirtqi ta’lim diplomlari tan olinmaydi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi quyidagilarni ma’lum qiladi:
2020-07-09
2020-07-08
2020-07-04
Javob: Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018 yil 2 iyundagi 417-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq nogironligi bo’lgan shaxslar uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining umumiy qabul parametrlariga nisbatan ikki foizli qo’shimcha (alohida) davlat granti kvotalari ajratiladi.
Qarorda nogironligi bo’lgan farzandlari bor ota-onalar uchun imtiyoz nazarda tutilmagan.
Safimizga qo’shiling:
2020-07-03
Javob: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-son qarori bilan tasdiklangan "Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o’qishga qabul qilish tartibi to’g’risida"gi Nizomga muvofiq to’liq davlat ta’minotidagi chin yetim bolalar toifasiga otasi ham, onasi ham vafot etgan yoki sud qaroriga binoan vafot etgan, deb e’lon qilingan, 18 yoshga to’lmagan, «Mehribonlik» uyi va Bolalar shaharchasi tarbiyalanuvchilari kirishi belgilangan.
2020-07-03
MAGISTRATURAGA O’QISHGA KIRISH UCHUN HUJJATLARINI RO’YXATDAN O’TKAZUVCHILAR DIQQATIGA!
Davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul qilish uchun hujjatlarni ro’yxatdan o’tkazish jarayoni 2020 yil 1 iyuldan boshlab, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshirilmoqda.
Mazkur hujjat topshirish jarayonida TEST SINOVLARI topshiriladigan HUDUD belgilanishi lozim.
‼️ Hozirgi koronavirus pandemiyasi sharoitida respublika hududlarini “sariq” va “qizil” hududlarga o’zgarish ehtimolligi saqlanib qolmoqda. Shu bois, talabgorlar TEST SINOVLARI topshiriladigan hudud sifatida O’ZI bugungi kunda YASHAB TURGAN hududni belgilashi TAVSIYA ETILADI.
Shundagina vaqtni ortiqcha sarflash cheklanadi va masofani bosib o’tishga ehtiyoj yuzaga kelmaydi.
➡️ Veb-saytga bu yerdan o’tish mumkin: magistr.edu.uz
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy telegram kanaliga ulanish
2020-07-03
2020-06-30
O’qishni ko’chirish (perevod) masalasida
Talabalardan har kuni o’qishni ko’chirishga oid juda ko’p savollar kelib tushadi, shu sababli mazkur mavzuga oid muhim ma’lumotlarni to’plashga harakat qildim.
Bir ta’lim shaklidan boshqasiga o’qishni ko’chirsa bo’ladimi?
Ha, bir ta’lim shaklidan boshqasiga o’qishni ko’chirish mumkin, lekin barcha hollarda ham emas. Quyida birma-bir ko’rib chiqamiz.
Kunduzgi ta’limdan quyidagilarga ko’chirish ruxsat etiladi:
• kunduzgi;
• sirtqi;
• kechki (smenali).
❌ Kunduzgi ta’limdan maxsus sirtqiga ko’chirib bo’lmaydi.
Sirtqi ta’limdan ruxsat etiladi:
• sirtqi (faqat bir ta’lim sohasi doirasida);
• kechki (smenali).
Sirtqi ta’limdan kunduzgi hamda maxsus sirtqi ta’limga ko’chirib bo’lmaydi.
Kechki ta’limdan ruxsat etiladi:
• kechki ta’lim (faqat bir ta’lim sohasi doirasida);
• kunduzgi.
Kechki ta’limdan sirtqi hamda maxsus sirtqi ta’limga ko’chirib bo’lmaydi.
Maxsus sirtqi ta’limdan boshqa ta’lim shakliga ko’chirib bo’lmaydi, o’z navbatida boshqa ta’lim shakllaridan maxsus sirtqiga ko’chirish talabi ham rad etish uchun asos bo’ladi. Faqat maxsus sirtqida bir ta’lim sohasi doirasidagina ko’chirishga ruxsat etiladi.
Shuningdek, maqsadli qabul qilinganlar boshqa ta’lim yo’nalishi yoki ta’lim shakliga, boshqa OTMga ko’chira olmaydi.
O’qishni ko’chirish bo’yicha muddatlar
O’qishini ko’chirish va qayta tiklash quyidagi 9 ta bosqichda amalga oshiriladi. Bular quyidagilar:
Kuzgi semestr bo’yicha
1️⃣-bosqich: 15 iyungacha
Hududlarda Ishchi guruh tashkil etiladi.
2️⃣: 15 iyuldan 5 avgustgacha
Talabalardan arizalar qabul qilish. Joriy yilda arizalar edu.uz sayti orqali onlayn qabul qilinadi.
3️⃣: 5 avgustdan 30 avgustgacha
Arizalar yuzasidan qaror qabul qilinadi va fuqaroga javob xati yo’llanadi.
4️⃣: 2 sentyabrdan 10 sentyabrgacha
Ko’chirish (qayta tiklash) masalasi ijobiy hal etilgan taqdirda, OTM rektorining buyrug’i bilan talaba darslarga qo’yiladi hamda ushbu talaba ilgari ta’lim olgan OTMga uning shaxsiy yig’ma jildini jo’natish uchun so’rovnoma yuboriladi.
5️⃣: 1 oktyabrgacha
Kontraktdagilar to’lovni o’z vaqtida amalga oshirganidan keyin talabalar safiga qabul qilish to’g’risidagi buyruq chiqariladi.
Bahorgi semestr bo’yicha
6️⃣: 15 yanvardan 25 yanvargacha
Talabalardan arizalar qabul qilish
7️⃣: 25 yanvardan 15 fevralgacha
Arizalar yuzasidan qaror qabul qilinadi va fuqaroga javob xati yo’llanadi.
8️⃣: 15 fevraldan 25 fevralgacha
Uzrli sabablar bilan bahorgi semestrda ko’chirish masalasi ijobiy hal etilgan taqdirda, OTM rektorining buyrug’i bilan talaba darslarga qo’yiladi hamda ushbu talaba ilgari ta’lim olgan OTMga uning shaxsiy yig’ma jildini jo’natish uchun so’rovnoma yuboriladi.
9️⃣: 1 martgacha
Kontraktdagilar to’lovni o’z vaqtida amalga oshirganidan keyin talabalar safiga qabul qilish to’g’risidagi buyruq chiqariladi.
2020-06-29
OTMlarga qabulda 7 toifadagi xotin-qizlarga 940ta imtiyozli grant kvota ajratildi
Ushbu kvota doirasida byudjetda o’qishni istagan xotin-qizlar 10 iyulgacha tavsiyanoma olishlari lozim.
❗️ Tavsiyanoma uchun taqdim etiladigan hujjatlar orasida maktab, kollej yoki litseyning diplom yoki shahodatnomalari emas, shu muassasalardan ma’lumotnoma olib kelish so’ralmoqda.
2020-06-29
2020-06-29
2020-06-29
Davlat komissiyasi majlisining 2020 yil 1-son bayoni bilan, respublikadagi kasb-hunar maktablariga hujjatlarni qabul qilish muddati belgilandi.
Unga ko’ra, 2020 yil 5 iyuldan 20 iyulga qadar kasb-hunar maktablariga joriy yil 9-sinf bitiruvchilarining hujjatlarini onlayn qabul qilish jarayoni (ariza, shahodatnoma va 3×4 fotosurat) tashkil qilinadi.
Ma’lumot uchun, kasb-hunar maktablarida 9-sinf bitiruvchilariga 2 yillik umumta’lim va mutaxassislik fanlarining integratsiyalashgan dasturlari asosida kunduzgi ta’lim beriladi.
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy telegram kanaliga ulanish:
2020-06-29
2020-06-29
2020-06-29
2020-06-29
2020-06-29
Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi - +998712463857 (Call-markaz), +998712461081
Davlat test markazi - 1195 (Call-markaz),
+998712351914 | +998951991914
Oliy ta’lim muassasalari qo‘ng‘iroqlar markazlari raqamlari
2020-06-28
Magistraturaga qabul haqida ba’zi ma’lumotlarni eslatib o’tamiz:
Hujjatlar magistr.edu.uz portali orqali faqat onlayn qabul qilinadi, abiturientlar hujjat topshirish uchun OTMga kelmaydi;
Magistraturada abiturientlarga 5 ta mutaxassislik yo’nalishini tanlash imkoniyati berilmaydi. Faqat bitta yo’nalish tanlanadi;
Kirish imtihonlari mutaxassislik hamda chet tili fanidan bo’ladi. Boshqa fanlardan bo’lmaydi;
Magistratura imtihonlarida maksimal to’plash mumkin bo’lgan ball - 250 ballni tashkil etadi.
Diplom bali - 100 ball;
Mutahassislik test bali - 100 ball;
Chet tili test bali - 50 ball.
Chop etilgan maqolalar uchun kirish imtihonlarida ball berilmaydi;
Hujjatlar qabul qilish 1 oy davom etadi, ya’ni 1 iyuldan boshlanib, 30 iyulgacha davom etadi;
Imtihonlar 3-15 avgust kunlari o’tkaziladi.
Hozircha shular. Magistratura qabul kvotalarini yuklab oling!
2020-06-28
5ta yo’nalish degani, 5ta OTM degani emas. Ya’ni abiturient albatta 5ta universitet yoki institutni tanlashi shart emas. Bitta OTMning 5ta yo’nalishini tanlash ham mumkin;
❗️5ta yo’nalish tanlayotganda eng asosiy 2ta shart bor:
1) fanlar ketma-ketligi mos kelishi kerak;
2) ta’lim shakli (kunduzgi, sirtqi, kechki) bir xil bo’lishi kerak.
> fanlar ketma-ketligi mos bo’lsin deganda, 3.1 va 3.2 ball beriladigan 2ta fan to’g’ri ketma-ketlikda joylashishi kerak. Masalan, bitta yo’nalishda fanlar quyidagicha:
- matematika (3.2 ball;)
- chet tili (3.1 ball).
Ikkinchi yo’nalishda esa boshqacha:
- chet tili (3.2 ball);
- matematika (3.1 ball).
Garchi test olinadigan 2ta fan bir xil bo’lsa ham, lekin ularga beriladigan ballar boshqachaligi sababli abiturient ushbu yo’nalishlarga bir paytda hujjat topshira olmaydi.
‼️ Ta’lim shakli ham albatta mos bo’lishi shart. Ya’ni bir paytning o’zida ham sirtqi, ham kunduzgi ta’limni tanlash mumkin emas. Abiturient 1-yo’nalishga kunduzgi ta’limni tanladimi, demak qolgan 4ta yo’nalish ham albatta kunduzgi bo’lishi shart. Yoki 1-yo’nalishga sirtqini tanlasa, qolgan yo’nalishlar ham sirtqi bo’lishi kerak.
> Ijodiy (kasbiy) imtihon topshiriladigan yo’nalishlarda faqat bitta yo’nalish tanlash mumkin, 5tagacha yo’nalish tanlab bo’lmaydi. Bu cheklov ham ijodiy, ham test topshiriladigan yo’nalishlarga ham taalluqli;
> Magistraturada ham faqat 1ta mutaxassislik tanlash mumkin;
> 5ta yo’nalishlarni tanlayotganingizda ahamiyatliroq bo’ling. Chunki tanlangan birinchi yo’nalish ustunlikka ega. Ya’ni sizning birinchi yo’nalishdagi to’plagan ballaringiz kontrakt ballariga to’g’ri kelsayu, qolgan yo’nalishlardagi to’plangan ballar grant ballariga to’g’ri kelsa, siz kontrakt asosida o’qishga qabul qilinasiz.
> https://abitur.dtm.uz/ - 20 iyundan boshlab, shu saytga kirilsa, qaysi fanlar majmuasi bo’yicha qaysi yo’nalishlarga hujjat topshirish mumkinligini ko’rsa bo’ladi.
Manba: xushnudbek
2020-06-27
2020 yil 26 iyun soat 18:00 holatiga respublika bo’yicha jami 197 975 nafar (joriy yilgi bitiruvchilar 118 533 nafar) abiturient ro’yxatdan o’tdi.
Shundan, ta’lim shakli bo’yicha:
▪️ kunduzgi – 134 850 nafar;
▪️ sirtqi – 60 226 nafar;
▪️ kechki – 2 898 nafar.
Hududlar miqyosida:
Toshkent shahri – 53 493 nafar;
Samarqand viloyati – 22 856 nafar;
Andijon viloyati – 22 172 nafar;
Surxondaryo viloyati – 13 069 nafar;
Farg’ona viloyati – 12 944 nafar;
Namangan viloyati – 11 677 nafar;
Toshkent viloyati – 10 957 nafar;
Qashqadaryo viloyati – 10 338 nafar;
Jizzax viloyati – 7936 nafar;
Qoraqalpog’iston Respublikasi – 7709 nafar;
Sirdaryo viloyati – 6697 nafar;
Xorazm viloyati – 6313 nafar;
Buxoro viloyati – 6130 nafar;
Navoiy viloyati – 5683 nafar.
Tillar kesimida:
▪️ o’zbek tilida –172 385 nafar (87,1%)
▪️ rus tilida – 21 089 (10,6 %)
▪️ qoraqalpoq tilida – 3 833 nafar (2,0 %)
▪️ boshqa tillarda – 667 nafar (0.3%).
Eng ko’p abiturient ro’yxatdan o’tgan OTMlar:
▪️ Samarqand davlat universiteti – 12 894 nafar;
▪️ Andijon davlat universiteti – 12 584 nafar;
▪️ Termiz davlat universiteti – 8 077 nafar;
▪️Toshkent davlat pedagogika universiteti – 8 043 nafar;
▪️ Namangan davlat universiteti – 7960 nafar.
Eslatib o’tamiz, abiturientlarni ro’yxatdan o’tkazish joriy yilning 20 iyuliga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy telegram kanaliga ulanish
2020-06-27
- Maqsadli qabulni tanlamagan abituriyentga mazkur taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha faqat umumiy tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi.
- Maqsadli qabulni tanlagan abituriyentga esa mazkur taʼlim yo‘nalishida umumiy tanlovda ham ishtirok etish huquqi beriladi.
Batafsil ma’lumot yuqorida rasmda keltirilgan.
2020-06-27
Ko’pchilik savol bilan murojaat qilib, xotin-qizlarning alohida toifalari uchun ajratiladigan davlat granti bo’yicha kvotalarga tavsiyanomalarni qanday olish mumkinligini so’rashmoqda.
Buning javobi quyidagicha:
Tavsiyanoma olmoqchi bo’lgan xotin-qizlar Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirligining tuman/shahar bo’limlariga murojaat qilishlari kerak;
Talabgorlar quyidagi hujjatlarni topshirishi lozim:
1) tuman/shahar hokimi o’rinbosari nomiga ariza;
2) belgilangan talablardan biriga to’g’ri kelishini tasdiqlovchi hujjatlar (ilovasi bilan);
3) ma’lumotnoma, ob’ektivka;
4) umumta’lim maktabi yoki o’rta maxsus kasb-hunar muassasasidan ma’lumotnoma;
5) pasport yoki tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnoma nusxasi.
Hujjatlar 10 iyulgacha qabul qilinadi;
Tuman bo’limlarida tashkil etilgan ishchi guruh talabgor qizlarning hujjatlarini viloyat boshqarmalariga 8 iyulga qadar taqdim etadi;
Viloyat boshqarmalari tomonidan esa hujjatlar ko’rib chiqilib, 10 iyulga qadar vazirlikka yuboradi;
Xotin-qizlarga tavsiyanomalar 15 iyulga qadar beriladi;
Tavsiyanomalar berilgan xotin-qizlar haqidagi ma’lumotlar 20 iyulga qadar DTM bazasiga kiritiladi.
Tavsiyanoma quyidagi toifalarga beriladi:
➖ kam ta’minlangan oiladan chiqqan xotin-qizlar;
➖ ota yoki onasi vafot etgan xotin-qizlar;
➖ 14 yoshgacha bo’lgan 2 va undan ortiq farzandlarni tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida yashayotgan yolg’iz ayol (erkak)larning qizlari;
➖ shaxsiy uy-joyga ega bo’lmagan, ijarada yashayotgan oilalar;
➖ ota-onalardan biri yoki har ikkisi ishsiz bo’lgan va ish qidiruvchi shaxs sifatida aholi bandligiga ko’maklashish markazlarida hisobda turganlar;
➖ nogironligi bo’lgan farzandi bor oilalardan chiqqan xotin-qizlar;
➖ oliy ma’lumotli xotin-qizlar bilan qamrab olish darajasi respublikaning o’rtacha ko’rsatkichlaridan ikki yoki undan ortiq marotaba past bo’lgan tumanlar, shuningdek, olis va borish qiyin bo’lgan hududlarda yashovchi oilalardagi qiz farzandlar (ularni o’z hududida 3 yil ishlash sharti bilan).
2020-06-27
Davlat komissiyasining 2020 yil 1-son bayoniga ko’ra, fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning kirish imtihonlarida ishtirokini ta’minlash maqsadida, ular oliy ta’lim muassasalarining qabul komissiyalarida sanitariya-gigiena talabalariga qat’iy amal qilgan holda belgilangan tartibda bakalavriat ta’lim yo’nalishlariga ro’yxatdan o’tkaziladi.
Bunda, boshqa toifadagi abiturientlar OTMlarning qabul komissiyalarida ro’yxatdan o’tkazilmasligi qat’iy belgilandi.
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy telegram kanaliga ulanish
2020-06-25
Aynan ushbu faylda qaysi viloyat va tumanlarga necha nafar grant o’rinlari ajratilganligi belgilangan. Batafsil
Unutmang, maqsadli qabulga topshirgan abiturientning maqsadliga o’tish balli etmasa, umumiy tartibdagi tanlovda ishtirok etadi. Ya’ni, u hechnarsa yutqazmaydi.
Maqsadli qabuldan yiqilgan abiturientlar kontraktga kira oladimi?
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy telegram kanaliga ulanish
2020-06-25
Talabalardan har kuni o’qishni ko’chirishga oid juda ko’p savollar kelib tushadi, shu sababli mazkur mavzuga oid muhim ma’lumotlarni to’plashga harakat qildim.
Bir ta’lim shaklidan boshqasiga o’qishni ko’chirsa bo’ladimi?
Ha, bir ta’lim shaklidan boshqasiga o’qishni ko’chirish mumkin, lekin barcha hollarda ham emas. Quyida birma-bir ko’rib chiqamiz.
2020-06-24
Davlat komissiyasi majlisining 2020 yil 1-son bayoni bilan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish talablariga muvofiq 2020/2021 o’quv yili qabulida respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo’nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.
Fanlar majmuasi va baholash mezonlari
2020-06-24
Davlat komissiyasining 2020 yil 1-sonli bayoni bilan 2020/2021 o’quv yili qabulida kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o’tkazish yuzasidan vazifalar belgilab berildi.
Unga ko’ra:
kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlarini bakalavriat ta’lim yo’nalishlari xususiyatidan kelib chiqib soddalashtiriladi;
abiturient kasbiy (ijodiy) imtihon uchun bir marta keladi va ortiqcha vaqt sarflamasdan topshirishi ta’minlanadi;
test sinovlari bilan bir qatorda o’tkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihonlar joriy yilning 25 iyulgacha o’tkaziladi;
alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo’nalishlari kirish imtihonlarini 25 iyuldan 20 avgustgacha o’tkaziladi;
kasbiy (ijodiy) imtihonlar videokuzatuvlar orqali qat’iy nazorat qilinadi va internetda jamoatchilik kuzatuvi ta’minlanadi.
2020-06-24
Davlat komissiyasining 2020 yil 1-son bayoni bilan quyidagi 8 ta tumanda Davlat xizmatlari markazlari orqali 2020/2021-o’quv yili qabulida oliy ta’lim muassasalariga kirish sinovlarida ishtirok etish uchun ro’yxatdan o’tkazishga ruxsat berildi:
1. Mo’ynoq tumani DXM;
2. Konimex tumani DXM;
3. Tomdi tumani DXM;
4. Uzun tumani DXM;
5. Boysun tumani DXM;
6. So’x tumani DXM;
7. Farg’ona tumani DXM;
8. Sardoba tumani DXM.
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy telegram kanaliga ulanish
2020-06-24
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy telegram kanaliga ulanish
2020-06-24
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy telegram kanaliga ulanish
2020-06-24
Davlat komissiyasi majlisining 2020 yil 1-son bayoniga ko’ra, oliy ta’lim muassasalarida tojik tilida ta’lim olib boriladigan bakalavriat ta’lim yo’nalishlariga o’qishga kirish imtihonlarini kasbiy (ijodiy) imtihonlar o’rniga 2020/2021 o’quv yili qabulidan test sinovlari orqali amalga oshiriladi.
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy telegram kanaliga ulanish
2020-06-24
Davlat komissiyasi majlisining 2020 yil 1-son bayoni bilan test sinovlarisiz, KASBIY (ijodiy) IMTIHONLAR orqali o’qishga qabul qilish bo’yicha ta’lim yo’nalishlari ro’yxati tasdiqlandi.
Рўйхатдан бакалавриатнинг 132 та таълим йўналиши ўрин олган.
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy telegram kanaliga ulanish
2020-06-24
Batafsil Unga ko’ra, yangi o’quv yilida xotin-qizlar uchun OTMlar bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakliga qo’shimcha 940 ta kvota ajartildi.
Shunnigdek, 2020/2021 o’quv yilida xotin-qizlar ushbu tanlovda ishtirokini ta’minlash maqsadida tegishli tavsiyanomalarni opreativ tarzda berish vakolati Tuman (shahar) mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limlariga yuklatildi.
2020 yil 15 iyulga qadar tegishli tavsiyanomalar xotin-qizlarga beriladi.
2020 yil 20 iyulga qadar Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirligi tomonidan tavsiyanoma berilgan talabgorlarning yakuniy ro’yxati DTMga taqdim etiladi.
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy telegram kanaliga ulanish
2020-06-24
Unga ko’ra, respublika miqyosda nogironligi bo’lgan shaxslar uchun jami 2799 ta kvota ajratilgan.
Shundan:
kunduzgi ta’limga – 2072 ta;
sirtqi ta’limga – 627 ta;
kechki ta’limga – 100 ta.
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy telegram kanaliga ulanish
2020-06-24
2020-06-24
Davlat komissiyasi majlisining 2020 yil 1-son bayoni bilan, respublikadagi kasb-hunar maktablariga hujjatlarni qabul qilish muddati belgilandi.
Unga ko’ra, 2020 yil 5 iyuldan 20 iyulga qadar kasb-hunar maktablariga joriy yil 9-sinf bitiruvchilarining hujjatlarini onlayn qabul qilish jarayoni (ariza, shahodatnoma va 3×4 fotosurat) tashkil qilinadi.
Ma’lumot uchun, kasb-hunar maktablarida 9-sinf bitiruvchilariga 2 yillik umumta’lim va mutaxassislik fanlarining integratsiyalashgan dasturlari asosida kunduzgi ta’lim beriladi.
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy telegram kanaliga ulanish
2020-06-24
2020 yil 24 iyun soat 18:00 holatiga respublika bo’yicha jami 138 331 nafar (joriy yilgi bitiruvchilar 82 284 nafar) abiturient ro’yxatdan o’tdi.
Shundan, ta’lim shakli bo’yicha:
▪️ kunduzgi – 95 044 nafar;
▪️ sirtqi – 41 240 nafar;
▪️ kechki – 2 047 nafar.
Hududlar miqyosida:
Tillar kesimida:
o’zbek tilida –119 706 nafar (86,5%)
rus tilida – 15 778 nafar (11,4 %)
qoraqalpoq tilida – 2390 nafar (1,7%)
boshqa tillarda – 457 nafar (0.3%).
Eng ko’p abiturient ro’yxatdan o’tgan OTMlar:
Andijon davlat universiteti – 9 456 nafar;
Samarqand davlat universiteti – 8 578 nafar;
Namangan davlat universiteti – 5 878 nafar;
Toshkent davlat pedagogika universiteti –5 806 nafar;
Termiz davlat universiteti – 5 762 nafar.
Eslatib o’tamiz, abiturientlarni ro’yxatdan o’tkazish joriy yilning 20 iyuliga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy telegram kanaliga ulanish
2020-06-24
Davlat komissiyasining 1-sonli bayoniga ko’ra
Ichki ishlar vazirligi tomonidan 2020/2021 o’quv yilida maktab, akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlarining 16 yoshga to’lgan bitiruvchilari pasport olish uchun murojaat qilganda, ularga navbatlarsiz, belgilangan tartibda pasport berilishi ta’minlanadi. (abiturientga 10 kun muddatda pasport berilishi ko’zda tutilgan).
Shuningdek, oliy ta’lim muassasalariga o’qishga kirish uchun imtihonlarda ishtirok etish istagini bildirgan pasport yoshiga yetmagan fuqarolarga amaldagi tartibga muvofiq, qisqa muddatlarda xorijga chiqish pasporti rasmiylashtirib beriladi.
Davlat personallashtirish markazi tomonidan pasport yoshiga yetmagan fuqarolarga xorijga chiqish pasportlari beriladi va mavjud ma’lumotlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga va Davlat test markaziga taqdim etiladi (abiturientga 5 kun muddatda fuqarolik pasport olishi ko’zda tutilgan).
2020-06-23
Davlat komissiyasining 1-sonli bayoniga muvofiq, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini inobatga olib, 2020/2021 o’quv yili qabulida test sinovlari qoida tariqasida, bir kunda ikki smenada o’tkaziladi
Bunda har bir abiturient uchun binolarda 3 m2 dan kam bo’lmagan joy ajratiladi.
Koronavirus pandemiyasi sharoitida sanitariya normalari talablaridan kelib chiqib, imtihonlarda abiturientlarning ota-onalari va ularning yaqinlari uchun alohida kutish (to’planish) joylari tashkil qilinmaydi.
Batafsil @xushnudbek
2020-06-23
Hukumat qarori (402-son, 23.06.2020 y.) bilan Oliy ta’lim muassasalariga qo’shimcha davlat granti asosidagi qabul ko’rsatkichlari doirasida xotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish va ularni o’qishga qabul qilishni tashkil etish tartibi to’g’risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Nizomga muvofiq, bunday tavsiyanomalar quyidagi mezonlardan biri asosida beriladi:
kam ta’minlangan oiladan chiqqan xotin-qizlar;
to’liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni ota yoki onasi vafot etgan xotin-qizlar;
14 yoshgacha bo’lgan ikki va undan ortiq farzandlarni tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida yashayotgan yolg’iz ayol (erkak)larning qizlari;
shaxsiy uy-joyga ega bo’lmagan, ijarada yashayotgan oilalar;
ota-onalardan biri yoki har ikkisi ishsiz bo’lgan va ish qidiruvchi shaxs sifatida aholi bandligiga ko’maklashish markazlarida hisobda turganlar;
nogironligi bo’lgan farzandi bor oilalardan chiqqan xotin-qizlar;
Nizom bilan tavsiyanoma olish tartibi belgilandi.
Unga ko’ra, har yili fevral oyida xotin-qizlarga tavsiyanomalar berish bo’yicha ishchi guruhi tuziladi.
Tuman (shahar) mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limlari tavsiyanoma olish maqsadida murojaat etgan xotin-qizlarning hujjatlarini har yili 10 mayga qadar Qoraqalpog’iston Respublikasi Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash boshqarmalariga taqdim etadi.
Ishchi guruh tomonidan saralab olinib, qo’shimcha qabul ko’rsatkichlari uchun tanlovda ishtirok etishga tavsiya etilgan xotin-qizlarning ro’yxati har yili 15 iyunga qadar Davlat test markaziga taqdim etiladi hamda Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Tavsiyanoma oliy ma’lumot olish istagida bo’lgan xotin-qizlarga 3 yildan ko’p bo’lmagan muddatga beriladi.
Tavsiyanoma ajratilgan qo’shimcha to’rt foizli davlat granti asosidagi qabul ko’rsatkichlari doirasida abiturient sifatida ro’yxatdan o’tishida tanlagan birinchi ta’lim yo’nalishi bo’yicha tanlovda ishtirok etish huquqini beradi, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim olish uchun tanlovda ishtirok etishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2020-06-23
2020-06-23
2020-06-22
2020-06-21
Abiturientlarga test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi hamda fanlar ketma-ketligi bir xil bo’lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo’nalishi bo’yicha tanlovda ishtirok etish huquqi berildi (Batafsil).
Shuningdek, kirish test sinovlari abiturient tanlagan bakalavriat ta’lim yo’nalishiga mos ikkita fandan o’tkaziladi.
2020-06-16
Davlat komissiyasining 1-sonli bayoniga ko’ra, oliy ta’lim muassasalarida tojik tilida ta`lim olib boriladigan bakalavriat ta’lim yo’nalishlariga o’qishga kirish imtihonlarini kasbiy (ijodiy) imtihonlar o’rniga 2020/2021 o’quv yili qabulidan test sinovlari orqali amalga oshiriladi.