Mustaqillik yillarida Termiz davlat universiteti Surxon vohasining yirik fan, ta’lim va madaniyat markaziga aylandi.
Ushbu oliy ta’lim maskani Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 28-fevraldagi PF-356-sonli farmoniga muvofiq universitetga aylantirildi.
Bugungi kunda universitetda 10921 nafar talaba (2019-yil), shundan kunduzgi bakalavriat ta’lim yoʻnalishi boʻyicha 9255 nafar, sirtqi boʻlim boʻyicha 2219 nafar,
magistratura boʻyicha esa 264 nafar talabalar tahsil olmoqda. Universitetda joriy oʻquv yilida 57 ta bakalavriat ta’lim yoʻnalishi va 25 ta magistratura
mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyilgan. Ayni vaqtda 575 nafar professor-oʻqituvchilardan 18 nafari fan doktori, professorlar,
119 nafari esa fan nomzodlari, falsafa doktorlari (PhD), dotsentlardir. Universitetda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, 2019- yilda
12 ta ixtisoslik boʻyicha 30 nafar tayanch doktorant, 2 nafar doktorant tahsil olmoqda. Zamonaviy shart-sharoitlarga ega universitetda 2019-yilda xorijiy oliy
ta’lim muassasalari bilan 10 ta shartnoma va 7 ta memorandum imzolandi. 3 ta xalqaro, 4 ta respublika miqyosidagi anjuman, an’anaviy talabalar konferensiyasi
yuqori saviyada tashkil etildi.